Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun bojxona to‘lovlarini kechiktirishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi. Bu haqda 8 yanvar kuni qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida keltirilgan. 

Qarorga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi tomonidan:

  • 2024 yil 1 fevralgacha “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushiriladi va Energetika vazirligiga o‘tkazilishi ta’minlanadi;
  • “Yashil energiya” axborot tizimining uzluksiz ishlashi va kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi doimiy nazorat qilinadi.

Quyidagilarga ruxsat beriladi:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga;
  • mazkur import qilish faoliyati bilan 3 yildan ortiq davr mobaynida shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelgan tadbirkorlarga 6 oy muddatga bojxona to‘lovlarini ta’minlash qo‘llanilmagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga.

Bunda tadbirkorlar tomonidan oxirgi 3 yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlarining miqdori to‘lov muddati uzaytiriladigan summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorini tashkil etishi lozim.

2024 yil 1 martdan texnik hujjatlarida yoki markirovkasida quyosh elementlarining sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi “A”, “V”, “S” va “D” tegishli sinfi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan quyosh panellarini chetdan olib kirish taqiqlanadi.

Quyosh panellari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha sinov laboratoriyasi faoliyati tashkil etiladi.

Import qiluvchilar tomonidan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DUKning muvofiqlikni baholash organlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

energiya manbalari bojxona to'lovlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar