Qayta tiklangan “Shunqorlar”. “Vatanparvar”da OAV xodimlari uchun musobaqa o‘tkazildi

Sport

шаблон лого копия

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparar” tashkiloti tomonidan salkam 30 yildan beri avto-mototransport vositalari uchun haydovchilarini tayyorlash kurslarida “A”, “B”, “BC”, “D” va “E” toifalari bo‘yicha yiliga 120-130 ming nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomalari taqdim etiladi. 

Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahridagi “Vatanparvar” tashkilotida matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni (27 iyun) munosabati bilan press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida tashkilot markaziy kengashi raisi Husan Botirov ishtirokida brifing tashkil etildi. Polkovnik Botirovning ta’kidlashicha, markaziy kengash tomonidan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilmay kelayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlari qayta tiklangan. 

Shuningdek, tashkilot tizimida qo‘lga o‘rgatilayotgan xizmatchi itlar ishtirokida namoyish tashkil etildi. Aytish mumkinki, xizmatchi itlar maxsus kinologlar tomonidan tayyorlanmoqda.

Brifingdan so‘ng jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida sportning pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha  musobaqa tashkil etildi. Erkaklar va ayollar toifasida tashkil etilgan kichik turnirda Nizomjon Islomov va Shafoat Tolibjonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“1991 yilning 23 noyabridan buyon faoliyat yurituvchi tashkilot tizimida avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, pnevmatik quroldan o‘q otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel, radiosport kabi sportning texnik va amaliy turlari hamda yangi tashkil etilgan dengiz ko‘pkurashi, xizmatchi itlar va harbiy amaliy ko‘pkurash sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilib, doimiy ravishda yoshlar jalb qilib kelinadi. 

Hozirda “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan 10 mingga yaqin sport sohasiga qiziquvchi 10 mingga yaqin yoshlarni qamrab olingan. Bundan tashqari, tasarrufida parashyut sporti bo‘yicha jami 7 ta sport seksiyalari mavjud bo‘lib, ularda 117 nafar sportchi shug‘ullanadi. Har yili 50 dan ortiq sport musobaqalari tashkil etiladi”, deydi tashkilot markaziy kengashi raisi, polkovnik Husan Botirov.

Husan Botirov respublika bo‘ylab “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi avto-mototransport haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qiyotgan “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar farzandlari soni 8612 nafarga yetganini ma’lum qildi.

“Vatanparvar” — mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkilot bo‘lgani bois Qurolli kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar, balki O‘zbekistondagi barcha tegishli muassasalar bilan hamkorlik qilnadi. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Respublika miqyosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus o‘quv maskanlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida 2482 ta ma’naviy-ma’rifiy, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazilgan. 

Ko‘rinib turibdiki, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faqat haydovchilik guvohnomalari tarqatish uchungina faoliyat yuritmaydi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing