Qaysi viloyatda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
11 dekabr 2020
15920Joriy yilning 9 oyi davomida FHDYO organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilish (tirik tug‘ilgan) holati qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p tug‘ilishSamarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilingan. Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya’ni har ming nafar aholiga 28 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng kam, ya’ni har ming nafar aholiga 20 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.
LiveBarchasi