Qaysi hududlarda “buqoq” og‘ir oqibatlarga olib kelayotgani ochiqlandi
Jamiyat
−
10 dekabr 2021
7533Endokrin kasalliklarining og‘ir oqibatlari asosan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda aytib o‘tdi.
“Topshirig‘imga ko‘ra, ikki oy davomida joylarga chiqib, sohadagi haqiqiy ahvol, ham aholini, ham shifokorlarni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Haqiqatan ham, kasalliklarning oldini olish borasida birlamchi bo‘g‘inda hali qilinadigan ishlar ko‘p.
Misol uchun, so‘nggi besh yilda endokrin kasalliklar 20 foizga ortib, ayniqsa, yoshlar orasida ko‘paymoqda. Endokrin kasalliklarning og‘ir oqibatlari asosan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda”, deydi Prezident.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, endokrin kasalliklarni birlamchi bo‘g‘inda erta aniqlash uchun murakkab uskunalar xarid qilish shart emas.
“Buning uchun laboratoriyalarni jihozlash, zarur reaktivlar bilan ta’minlash va nafaqat endokrinolog, balki oilaviy shifokorlarni ham tayyorlash katta samara beradi”, deydi Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, kelgusi yilda tumanlararo endokrinologiya bo‘linmalari 29 tadan 50 taga ko‘paytiriladi. Viloyat ixtisoslashgan filiallarni 80 milliard so‘mlik zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash hisobiga xizmatlar soni 15 tadan 40 tagacha yetkaziladi.
LiveBarchasi