Qaysi hududda 20 yoshida ota bo‘lganlar ko‘p uchraydi?
Jamiyat
−
29 noyabr 2022 18091 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda 1287 nafar yigit 20 yoshida farzandli bo‘lgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ro‘yxatning yuqori pog‘onasini Samarqand viloyati egallagan. Bu hududda 20 yoshida ota bo‘lganlar soni 222 nafarni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida 20 yoshida farzandli bo‘lgan erkaklar soni quyidagicha:
Qashqadaryo viloyati – 209 nafar;
Surxondaryo viloyati – 128 nafar;
Buxoro viloyati – 109 nafar;
Farg‘ona viloyati – 107 nafar;
Toshkent shahri – 95 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 75 nafar;
Namangan viloyati – 69 nafar;
Toshkent viloyati – 68 nafar;
Xorazm viloyati – 68 nafar;
Jizzax viloyati – 48 nafar;
Andijon viloyati – 46 nafar;
Navoiy viloyati – 26 nafar;
Sirdaryo viloyati – 17 nafar.
Eslatib o‘tamiz, Respublika bo‘yicha 10 406 ta qayd etilgan nikohda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Unda yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri va Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelgan.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025