O‘zbekistonning qayerida yigitlar ko‘proq o‘zidan katta qizlarga uylanyapti?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida respublika bo‘yicha 10 406 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Eng ko‘p kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan nikohlar Toshkent shahri va Buxoro viloyatida qayd etilgan.

Bu holat hududlar kesimida quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 855 ta ;
  • Andijon viloyati – 409 ta;
  • Buxoro viloyati – 1 064 ta;
  • Jizzax viloyati – 339 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 944 ta;
  • Navoiy viloyati – 411 ta; 
  • Namangan viloyati – 419 ta;
  • Samarqand viloyati – 979 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 882 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 275 ta;
  • Toshkent viloyati – 916 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 599 ta;  
  • Xorazm viloyati – 921 ta;
  • Toshkent shahri – 1 393 ta.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1782

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing