Qaysi hudud aholisi ko‘pligi aytildi

Jamiyat

image

2026 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 684,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Hududlar kesimida esa doimiy aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati 4 396,8 ming kishilik ko‘rsatkich bilan yetakchi bo‘lgan. Eng kam aholi soniga ega hudud esa Sirdaryo viloyati – 949,6 ming kishini tashkil etgan. 

Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishish mumkin:

  • Samarqand viloyati – 4 396,8 ming kishi;
  • Farg‘ona viloyati – 4 239,4 ming kishi;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 731,8 ming kishi;
  • Andijon viloyati – 3 533,9 ming kishi;
  • Namangan viloyati – 3 202,7 ming kishi;
  • Toshkent shahri – 3 195,9 ming kishi;
  • Toshkent viloyati – 3 174,6 ming kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 3 024,9 ming kishi;
  • Buxoro viloyati – 2 112,2 ming kishi;
  • Xorazm viloyati – 2 075,0 ming kishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 057,7 ming kishi;
  • Jizzax viloyati – 1 573,2 ming kishi;
  • Navoiy viloyati – 1 115,0 ming kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 949,6 ming kishi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

aholi O'zbekiston statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing