“Qaynonasi xushlamagan kelin”. Turk aktrisasi Hande Erchel mish-mishlarga izoh berdi 

Madaniyat-san’at

image

Bir yarim yildirki mashhur turk aktrisasi Hande Erchel va boy merosxo‘r, tadbirkor Hoqon Sabanji o‘rtasidagi munosabatlar turk nashrlarining asosiy mavzusiga aylandi. Ayniqsa, Erchelni Hoqonning onasi Orzu Sabanji bilan munosabatlari yomon ekanligi, qaynonasi uni kelin qilishni istamayotgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi. 

Ijtimoiy tarmoq akkauntidagi 32 million obunachisi bilan hatto Gollivud yulduzlarini ham ortda qoldirgan maftunkor aktrisa o‘zi haqida bolalagan gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

"Milliyet" nashrining yozishicha, Leventdagi idoradan chiqib kelayotgan aktrisani jurnalistlar tutib olishgan. Ularning savollariga javob berishdan oldin aktrisa yangi loyihada ish boshlayotgani haqida "suyunchi olgan".

"Men hozirgina yangi ish bo‘yicha shartnoma imzoladim, tez orada yana ekranlarda paydo bo‘laman", degan u.  

Shundan so‘ng, Erchel o‘zining semirib ketgani aks etgan suratidan so‘z ochgan.

"Men buni tushuntirib berolmay qiynaldim. Bir tomondan juda kulgili edi, avvaliga o‘zim ham ishonmadim. Chindan sun’iy intellekt ancha rivojlandi. Hozirgi muxlislar juda ziyrak bo‘lishi kerak. Kimdir istasa sun’iy intellekt orqali menga umuman aloqasi bo‘lmagan, lekin ikki tomchi suvday Erchelga o‘xshaydigan surat chizishi mumkin", degan u.

Hande Erchel Turkiyada eng ko‘p kuzatuvchiga ega bo‘lgan mashhurga aylangani haqidagi savolga ham javob bergan: 

“Nima deyman, bu ajoyib narsa, muxlislarimga rahmat aytaman", degan aktrisa.

Nihoyat millioner Hoqon Sabanjiga turmushga chiqishi aytilayotgan aktrisa bo‘lajak qaynonasi uni xushlamayotganiga o‘zining qisqa munosabatini bildirgan:

“Do‘stlar, shunday ham bo‘lishi mumkinmi? Iltimos...”, degan Erchel.

Aktrisa, Hoqon Sabanji bilan munosabatlari hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirib yuborganini ta’kidlab, uning sharofati bilan har bir ishini rejali va tartibli amalga oshirayotganini e’tirof etgan. Turmush qurganidan so‘ng ham aktrisalik foliyatiga chek qo‘yish niyati yo‘q ekanligini qo‘shimcha qilgan.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hande Erchel Turk aktrisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar