Qaynona keliniga 32 marta pichoq sanchib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Surxondaryoda o‘z kelinini 32 marta pichoqlab o‘ldirgan qaynona 13 yilu 4 oyga qamaldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa o‘tgan yilning 16 iyul kuni soat 10:00 lar atrofida Denov tumanida sodir bo‘lgan. 

B.H. va Z.S. ismli er-xotin o‘g‘liga bozordan yozgi poyabzal olib bergan. Ular uyga kelganda, qaynona J.H. nabirasiga “Bu arzon oyoq kiyimni nega kiyib yuribsan?” degan. Bunga javoban kelini puli kamligi uchun shunday poyabzal xarid qilganini ma’lum qilgan. Shu sabab o‘rtada tortishuv yuzaga kelgan.

Shu kuni 15:00 larda esa J.H.ning ikkinchi nabirasi ham unga akasinikidek oyoq kiyim olib berishlarini so‘ragan. Ammo buvisi yana qarshilik qilgan. Bu qaynona-kelin o‘rtasidagi navbatdagi janjalga sabab bo‘lgan.

Kelin o‘z xonasiga kirib ketgan. Qaynona jahl ustida oshxonaga kirib, sariq va qora dastali oshxona pichoqlarini olgan. U uch nafar nabirasi ko‘z oldida keliniga 32 marta pichoq sanchgan. Oqibatda kelin olgan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan qaynonaga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1349

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing