Qatl etish soni bo‘yicha qaysi davlat yetakchiligi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

O‘tgan yilda qatl ettirilganlar soni bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Amnesty International (Xalqaro Amnistiya) xalqaro nohukumat tashkiloti e’lon qildi.  

"2020 yilda ma’lum bo‘lgan qatllarning aksariyati Xitoy, Eron, Misr va Saudiya Arabistonida qayd etilgan", deyilgan tashkilot hisobotida. 

Amnesty International Xitoydagi qatllarning haqiqiy ko‘lamini taxmin qilish mumkin emasligini ta’kidlagan, tashkilotga ko‘ra, ma’lumotlar yashiringan. 

Xitoyda qatl etish in’eksiya yo‘li bilan amalga oshirilgan. 

Umuman olganda, o‘tgan yili dunyoda qatl etish soni kamaygan. Tashkilot 18 mamlakatda kamida 483 qatlni qayd etgan, bu 2019 yildan 26 foizga kam. 

O‘lim jazolari soni ham kamaygan, 2019 yilda 2307 ta bo‘lsa, 2020 yilda 1477 ta. 

Umuman olganda, o‘tgan yili dunyoda 28567 kishi o‘limga mahkum etilgan. 

O‘tgan yilda Xitoydan tashqari, 88 foiz qatl to‘rt davlatga to‘g‘ri kelgan: Eron, Misr, Iroq va Saudiya Arabistoni. 

Yaqin Sharqda Eron qatl etish soni bo‘yicha yetakchilikni davom ettirmoqda. O‘tgan yilda mamlakatda 246 o‘lim jazosi ijro etilgan. 

Iroqda qatl ettiriluvchilar soni ikki baravarga ko‘paygan. Bunga sudlar pandemiya sababli yopilgani sabab bo‘lgan. 

Misrda o‘tgan yili mahbuslar 2019 yilga nisbatan uch baravar ko‘p qatl qilingan, Saudiya Arabistonida esa, aksincha, 85 foizga kamroq. 

Buning sababi qirollik giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qatl qilishni to‘xtatgan, shuningdek voyaga yetmaganlar uchun o‘lim jazosini bekor qilgan. 

Amnesty International o‘lim jazosi inson huquqlarini buzadi deb hisoblaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirda 144 mamlakatda o‘lim jazosi taqiqlangan yoki qo‘llanilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy qatl

Baholaganlar

417

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing