Qatarda ikki norvegiyalik jurnalist hibsga olindi

Sport

image

Norvegiya radioeshittirish korporatsiyasining (NRK) ikki jurnalisti Qatar mamlakatini tark etayotgan paytda, hibsga olingan.

Xolvor Ekkeland (muxbir) va Lokman Gorbani (fotograf) 2022 yilgi Jahon chempionati inshootlari qurilishida olib borilgan sport siyosati va mehnat muhojirlarining yashash sharoitlarini yoritish maqsadida tashrif buyurgan.

Norvegiyaliklar ishchilar, shuningdek, mahalliy rejimni tanqid qiluvchilardan biri bilan suhbatlashgan. Bundan tashqari, ular JCH-2022 uchun mas’ul bo‘lgan shaxsdan intervyu olishgan.

Jurnalistlar joriy yilning 20 noyabridan 21 noyabriga o‘tar kechasi hibsga olingan va 23 noyabrda qo‘yib yuborilgan. 32 soat davomida hibsda bo‘lgan Ekkeland va Gorbani Norvegiyaga qaytib kelgan. Ulardan telefon, kompyuter, fotoapparat va ular tasvirga olgan kadrlar olib qo‘yilgan.

NRK bosh direktori Tor Gjermund Eriksen vaziyat haqida fikr bildirdi: 

“Ommaviy axborot vositalarini dunyodagi eng yirik sport tadbirlaridan birida erkin va mustaqil faoliyat yuritishlariga to‘sqinlik qilib bo‘lmaydi. Bu masalani FIFA bilan hal qilamiz”.

Qatar rasmiylari jurnalistlar xususiy mulkka noqonuniy kirganliklari va hech kimning ruxsatisiz suratga olgani uchun hibsga olinganini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Norvegiyaning “Verdens Gang” nashri FIFA’dan vaziyat bo‘yicha izoh so‘rgan, biroq hech qanday javob olmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qatar JCh-2022 Norvegiya Lokman Gorbani Xolvor Ekkeland Hibsga olingan jurnalistlar

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing