HAMAS yetakchilari Qatarni tark etmoqchi emas – OAV

Olam

image

Hozirda Qatarda istiqomat qilayotgan Falastinning HAMAS harakati yetakchilari mamlakatni tark etish niyatida emas. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali harakatdagi manbalariga tayanib xabar berdi.

“Biz yashash joyi sifatida Qatarga muqobil joy qidirmayapmiz”, deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.

HAMAS vakilining qo‘shimcha qilishicha, vositachilar orqali Isroil bilan mumkin bo‘lgan sulh bitimi uchun jami to‘rtta variant taqdim etilgan, biroq yahudiy davlati "kelishuv qilishni istamaydi" va muzokaralar jarayoniga nisbatan "jiddiy qaramayapti". 

“The Wall Street Journal”ning yozishicha, Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy Dohaning bu boradagi sa’y-harakatlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan so‘nggi urinishlar ortidan Qatar hozirda HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi rolini qayta ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni “The Wall Street Journal” gazetasi HAMASning siyosiy rahbariyati Dohani tark etib, bosh qarorgohini Ummon yoki boshqa arab davlatiga ko‘chirish haqida o‘ylayotgani haqida xabar bergandi. Nashrga ko‘ra, bu Qo‘shma Shtatlar Qatarga bosimni kuchaytirayotgani bilan bog‘liq bo‘lib, u, o‘z navbatida, HAMASni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida ko‘proq moslashuvchanlik ko‘rsatishga majbur qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing