Qatar JCHdagi ishtirokini yakunladi

Sport

image

Bugun, 25 iyun kuni Qatar terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Bosniya va Gersegovinaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, osiyoliklar mundialdagi ishtirokini yakunladi.

Sietl shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Qatarning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati barham topdi.

Bosniya va Gersegovina safida Kerim-Sam Alaybegovich 29-daqiqada, Ermin Maxmich esa 80-daqiqada gol urdi. Qatarlik Maxmud Abunada 34-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritdi. Qatarning yagona goliga Hasan Al-Haydos 42-daqiqada mualliflik qildi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Bosniya va Gersegovina 4 ochko bilan “B” guruhida uchinchi o‘rinni egalladi va pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Qatar 1 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qoldi hamda musobaqani tark etdi.

Shveysariya 7 ochko bilan guruh g‘olibi bo‘ldi, Kanada esa 4 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rindan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni band etgan jamoalar orasidagi eng yaxshi sakkizta terma jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing