Qatar Putinning qarorini to‘g‘ri tushunyapti
Olam
−
26 mart 2022
27292Rossiyaning gaz uchun rublda to‘lash talabi harbiy vaziyatga munosabat bo‘lib, uzoq muddatli shartnomalarga ta’sir qilishi dargumon. Bu haqda Qatar davlat Energetika vaziri Saad al-Kaabi Dohadagi forumda ma’lum qildi.
“Bu (gaz uchun rublda to‘lash talabi – tahr.) harbiy vaziyatga asoslangan reaksiya, menimcha, mazkur talab uzoq muddatli shartnomalarni va biz qilayotgan ishlarni o‘zgartirmaydi”, deydi al-Kaabi.
Uning ta’kidlashicha, Yevropadagi rus gazini bir kunda boshqa ishlab chiqaruvchilar gaziga almashtirishning iloji bo‘lmaydi, buning uchun besh-yetti yil kerak.
Ukraina inqirozi boshlanishidan oldin Qatar 2027 yilga borib o‘z quvvatini yiliga 126 million tonnaga oshirgandan so‘ng, Yevropaga 60 million tonna suyultirilgan gaz yetkazib berishni kutgan. Saad al-Kaabining so‘zlariga ko‘ra, Qatar AQSH chaqirig‘i bilan YeIga qo‘shimcha ta’minot yetkazib berishda ishtirok etishga tayyor , biroq ayni paytda uning suyultirilgan gaz eksportining 85 foizi asosan Osiyo davlatlari bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnomalardir.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga tabiiy gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublda qabul qilishga ko‘rsatma bergandi. Unga ko‘ra, Rossiya tomonining endilikda Yevropa Ittifoqi va AQSHga mahalliy tovarlarni dollar va yevroda yetkazib berishidan ma’no yo‘q.
“Shuning uchun, MEN do‘st bo‘lmagan davlatlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazimiz uchun to‘lovlarni qisqa vaqt ichida Rossiya rubliga o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaror qildim”, deya ta’kidlagan Putin.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning do‘st bo‘lmagan davlatlar bilan gaz hisob-kitoblari rublga aylantirilgach, xorijiy iste’molchilar zarur operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ya’ni gaz sotib olishni xohlagan davlat avvalo Rossiyadan rubl olishi lozim.
LiveBarchasi