Qatar qirollik oilasi vakili “Arsenal”ni sotib olmoqchi
Sport
−
26 avgust 2021
3201Qatar qirollik oilasining vakili, 2005-2013 yillarda mamlakatni boshqargan Xalifa bin Hamad al-Tani Londonning “Arsenal” klubini sotib olmoqchi.
Al-Tani PSJ xo‘jayinining akasi va "Arsenal"ning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U London jamoasini chempionlik jangiga qaytarishni xohlaydi va klub aksiyalarini Kronke oilasidan sotib olishga tayyor. O‘z Twitter sahifasida Sten Kronkedan “Arsenal”ni sotishni so‘rab, unga 7 oy muddat qo‘ygan.
So‘nggi yillarda “kanonirlar” rahbariyati klub muxlislarining keskin tanqidiga duch kelmoqda. “Spotify” rahbari Daniel Ek yozda klubni sotib olmoqchi bo‘ldi, lekin uning 1,8 milliard dollarlik taklifi rad etildi.
Qatar amirlik oilasi a’zosi al-Tani taklifni bir necha bor oshirishi, bu esa Kronke oilasini qo‘yilgan shartlarga rozi bo‘lishga majbur qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Xalifa bin Hamad al-Tani Ronaldu va Messining bir jamoada o‘ynashi mumkinligiga ishora qilgan edi.
LiveBarchasi