Qatar Amiri Toshkentga keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Mirziyoyev kutib oldi.

Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston va Qatar yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘lishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirziyoev Qatar Amiri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing