Qatar amiri Neymardan qutulmoqchi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi joriy yilning yozida Neymar Juniorni sotmoqchi. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli braziliyalik futbolchi jamoaga egalik qiluvchi Qatar Amirining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyrug‘i bilan transferga qo‘yiladi. Shuningdek, Neymarning ketishi ehtimoli hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi 100 million yevrolik shartnoma imzolanishi bilan bog‘liq.

Biroq Neymarning sotilishi PSJ uchun oson kechmaydi. Sababi braziliyalikning narxi haddan tashqari qimmat. Qolaversa, Neymarni sotib oladigan klub o‘ziga katta bosh og‘rig‘i orttirishi mumkin. Chunki Neymar hech qachon kamtarligi va odobi bilan ajralib turmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, (Mbappening yangi shartnomasigacha) Neymar Lionel Messidan keyin jamoada eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchi bo‘lgan. U haftasiga 580 000 yevro maosh oladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Neymar PSJ tarkibida 28 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 90 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing