Qassob qo‘y dardida. Japarovning dardi pulmi?
Olam
−
30 iyun 2022
14509Siyosiy janjal va intrigalar o‘rniga umuminsoniy taraqqiyot yo‘lidan borish kerak. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Biz har doim Qirg‘izistonni demokratik davlat deb aytamiz. Konstitutsiyaning 1-moddasida Qirg‘iziston demokratik davlat, deb bejiz yozilmagan, chunki xalqimizning ongu tafakkurida, qon-qonida demokratiya unsurlari bor. Mamlakatimizda har bir fuqaro erkin fikrlash, o‘z fikrini ochiq aytish huquqiga ega”, deydi Prezident.
Biroq, Japarov ta’kidlaganidek, erkinlik va demokratiya tamoyillari niqobi ostida mamlakatning daromad manbalarini har xil asossiz tanqidlarga duchor qilib, siyosiy ochko olishga urinayotgan siyosatchilar bor.
“Hozirda dunyo jadal rivojlanmoqda, siyosiy janjallar, siyosiy intrigalar o‘rniga biz hech qachon orqada qolmasdan umuminsoniy taraqqiyot yo‘lidan borishimiz kerak. Qirg‘izistonda iqtisodiyotda tartib o‘rnatish va uni yanada yaxshilash birinchi o‘rinda turadi. Bu xalqning talabi va umidi”, deydi mamlakat yetakchisi.
Japarov Qirg‘izistonda 200 dan ortiq boylar, mamlakatning o‘z milliarderlari va millionerlari borligini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular xorijdagi banklarda pul saqlaydi.
“Ular xorijda zavod qurmoqda. Oktyabr voqealaridan keyin biz byudjetga 100 million dollarni qaytarish uchun qo‘limizdan kelganini qilganimizdan xabaringiz bor. Ammo o‘z boyligini hamon xorijda yashirayotganlar ham ko‘p. Bu pullarni mamlakatga qaytarish uchun daromadlarni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun zarur. Shunda ular byudjetga soliq to‘lashni boshlaydilar, yurtimizda zavodlar quradilar”, deydi u.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning oktyabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng, mamlakat poytaxtida yirik tartibsizliklar yuzaga keldi. Olomon parlament binosiga bostirib kirib, saylov natijalarini bekor qilishni so‘radi. Avvaliga pana-panada yurgan eski siyosatchilar ham siyosiy maydon yuzasiga chiqa boshladi.
Birdaniga ikki Omurbek – Tekebayev va Babanov 2020 yil 9 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar ortida sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov turganini aytdi. Yana bir sobiq Prezident Almazbek Atamboyevning advokati Zamir Jooshev huquqni muhofaza qilish idoralaridan ushbu ayblovlarni tekshirishni talab qildi.
Oktyabr voqealari oqibatida hokimiyat tepasiga kelgan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev bo‘lib o‘tgan barcha voqealarda Babanov va Atamboyev aybdor, deb hisoblaydi. Biroq kuni kecha sud Almazbek Atamboyevga nisbatan ochilgan oktyabr voqealariga aloqadorlik bo‘yicha jinoyat ichishini tugatdi va Atamboyevni oqladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15