“Qashqirlar makoni”ning yana bir yulduzi vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Turkiya televideniyesi tarixida eng ko‘p tomosha qilingan seriallardan biri “Qashqirlar makoni”da “Jarrohpashalilarning opasi” rolini ijro etgan aktrisa Shivga Gerez bugun, 10 fevral kuni vafot etdi. Bu haqda TGRT Haber xabar berdi.

1970 yil 29 yanvarda tug‘ilgan aktrisa uzoq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashgan. Shivga Gerez yaqinda ijtimoiy tarmoqdagi hisobida saraton kasalligiga qarshi kurash boshlagani haqida post joylagan edi.

“Saraton kasalligiga qarshi kurashimiz boshlandi”, deb yozgan o‘shanda u.

Biroq san’atkor kasallikni yengib o‘ta olmadi va 56 yoshida vafot etdi.

Gerez “Qashqirlar makoni” teleserialidagi Jarrohpashalilar guruhining katta opasi roli bilan mashhur bo‘lgan. Serialning eng keskin davrlarida jamoaga qo‘shilgan uning qahramoni avtoritar xulq-atvori va qattiqqo‘lligi bilan e’tiborni tortgan. Sulaymon Chaqir va Po‘lat Alemdar ishtirokidagi sahnalardagi ijrosi bilan tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirgan. San’atni tashlaganidan so‘ng, Gerez metafizika va parapsixologiya mutaxassisi sifatida ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta boshida o‘zbek teletomoshabinlariga “Achchiq yolg‘on” serialidagi Xayriya va “Qashqirlar makoni”dagi Semra Aymar rollari bilan tanilgan aktrisa Nevin Efe 78 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Po'lat Alemdar “Qashqirlar makoni” Jarrohpashalilar Shivga Gerez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing