Qashqadaryo IIB Nishon hokimi o‘rinbosari fuqaro o‘limiga sabab bo‘lganini tasdiqladi

3-sahifa

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari avtomobilda fuqaroni urib ketgani, jabrlanuvchi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati mazkur YTH haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishcha, YTH avval aytilganidek 30 iyul kuni soat taxminan 23:50 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 avtomobil yo‘lining 12 kilometrida yuz bergan. Qarshi tumani “Taxtapul” MFY hududida haydovchi B.E. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina bilan yo‘lni o‘ng tomondan chap tamoniga qarab piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joyidan kesib o‘tayotgan fuqaro Y.A.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda Y.A. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing