Qashqadaryodagi yangi tumanga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
19 aprel 2022
14182O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati tarkibida Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdi.
Shuningdek, Qashqadyor viloyatining Chiroqchi va uning bir qismida tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga hokim tayinlandi.
Xurram Abdurazikovich Jo‘rayev Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Chiroqchi tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Chiroqchi tumaniga esa Nodir Erkayev hokim etib tayinlandi. Boshqa ishga o‘tgani sabab viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.