Qashqadaryodagi dahshatli YTHda 4 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
28 Sentabr
8018Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida Lacetti boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
YTH viloyatning “Ko‘kdala – Kattaqishloq” avtomobil yo‘li 10-kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ro‘parasidan kelayotgan Nexiaʼga yo‘l bermasligi tufayli u bilan to‘qnashuv yuzaga keltirgan.
Oqibatda jami 8 kishi jarohatlangan. Lacettiʼdagi 1998 yilda tug‘ilgan sinfdoshlarning 5 nafaridan 3 nafari vafot etgan.
Nexia mashinasidagi 1 nafar yo‘lovchi ham halok bo‘lgan. Haydovchi va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchi esa shifoxonada davolanmoqda. Yana ikki nafar jabrlangan inson jonlantirish bo‘limida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Cobalt rusumli mashina 41 yoshli erkakni urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etgandi.