Qashqadaryoda zilzila yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 fevral kuni Qashqadaryoda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila  mahalliy vaqt bilan 05:48 da sodir bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari 38,22 daraja shimoliy kenglik, 66,36 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan. Ushbu yer qimirlashining o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila epimarkazi viloyatning Dehqonobod tumani bo‘lib, Toshkentdan 417 km janubiy-g‘arbda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shuningdek, yer silkinishi holatlari qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘onistonda ham yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing