Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
10 fevral 2023 38784 1 daqiqa
Bugun, 10 fevral kuni Qirg‘iziston hududida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 10:24 da qayd etilgan. Zilzila koordinatalari 41 daraja shimoliy kenglik, 74,11 daraja sharqiy uzunlik, 15 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 411 km janubiy-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi holatlari qo‘shni Suriya, Qozog‘iston, Afg‘onistonda ham yuz berdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025