Qashqadaryoda zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
12:48
3439Bugun, 15 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Mahalliy vaqt bilan 12:32 da zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr: Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani. Zilzila koordinatalari: 38,66 gradus shimoliy kenglik; 66,64 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Qamashi tumanida 2 ball, 13 km.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 yanvar kuni Buxoro viloyati hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Uning sezilish kuchi Peshko‘ va Qorako‘l tumanlarida 2 balni tashkil qildi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar