Qashqadaryoda “jihodchilar” qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida   “Jihodchilar” oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabari berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kitob tumanida yashovchi, 1998 y.t. Q.T. 2020-2021 yillar davomida Rossiya Federatsiyasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi a’zolari ta’siriga tushib, ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin esa o‘z atrofidagilarga ushbu oqim g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, u internet orqali Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o‘rnatib, ularning yo‘l-yo‘riqlari hamda qo‘rsatmalari asosida “Rossiya-Turkiya” yo‘nalishi orqali ularning safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlangan va buning oldi olingan.

Qayd etilishicha, hozirda Q.T.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, uning aloqalarini aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, Qarshi tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan R.S. 2021 yilda Saudiya Arabistonida ishlashi davrida “Jihodchilar” DEO a’zolari ta’siriga tushgan hamda ular bilan aloqa o‘rnatib, oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan. 

Yashash manziliga qaytganidan keyin ham o‘z yaqinlari orasida hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali DEO g‘oyalari targ‘iboti bilan shug‘ullangan. 

Hozirda R.S.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 244-1 -moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, insonparvarlik tamoyili asosida “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Qarshi shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilan J.M. ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” DEO a’zolari ta’siriga tushib, Telegram messenjerida guruh va kanal tashkil qilgan hamda ular orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi hukmiga ko‘ra, yolg‘iz onaligi va 9 oylik farzandi borligi hisobga olinib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing