Qashqadaryoda yo‘lni asfalt qilayotgan ishchi YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining “Yo‘llaridan foydalanish” Unitar korxonasi Yo‘l bo‘limining 50 yoshli xodimi mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda YTHga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.  

Voqea 2021 yilning 27 dekabr kuni soat 19:00 da viloyatning Nishon tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumanning Shirinobod MFYda yashovchi P.T. Nexia rusumli avtomobilida katta tezlik bilan harakatlanib kelib, asfaltlashtirish ishlarida ishtirok etayotgan ishchi S.I.ni urib ketgan. S.I. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

E’tiborli jihati shundaki, Qashqadaryo viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi yuz bergan holat bo‘yicha Telegram sahifasida munosabat bildirib, voqea soat 19:00 da emas, balki 18:30 lar atrofida yuz berganini aytib o‘tgan. Ma’lum qilinishicha, marhum ishchi joriy ta’mirlash ishlarini tugatib, uyiga qaytayotganda YTHga uchrab, vafot etgan.

Ushbu holatda rasmiylar tomonidan berilgan munosabat bir-biridan keskin farq qilmoqda. Qaysi munosabat haqiqatga yaqinligi esa hozircha tushunarsiz.

Ilyosbek Maxmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing