Qashqadaryoda YTH. Labo yukxonasida bo‘lgan ikki kishi vafot etdi
3-sahifa
−
28 noyabr 2022 6984 1 daqiqa
Joriy yilning 12 noyabr kuni Qashqadaryoda Labo va Isuzu mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ko‘kdala tumanida soat 09:30 da haydovchi B.Sh. Labo mashinasi yukxonasida odam tashish qoidalarini buzgan holda yo‘lovchilarni mindirib ketayotgan vaqtda yoqilg‘i tugagan. Oqibatda transport vositasi sekinlashgan.
Haydovchi avtomobilni yo‘l chetiga olib chiqayotganda ortidan kelayotgan Isuzu avtomobili Labo'ning odamlar bor qismiga qattiq zarb bilan kelib urilgan. Shundan so‘ng, ikkala yuk avtomobillari yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida Labo avtomobilining yukxonasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, besh nafar yo‘lovchilar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni Andijonda o‘nga yaqin mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 41 nafar shaxs jarohatlanib, 3 nafar fuqaro vafot etgandi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar