Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizlarni o‘g‘irlashda gumonlanayotgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoning Kitob tumanida voyaga yetmagan qizlarni o‘g‘irlashda gumonlanayotgan erkak ushlandi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, tumanning “Qo‘shdaryo” MFY hududidagi do‘kon oldida notanish kimsa voyaga yetmagan qizlarni aldab chaqirib, ularni o‘g‘rilab ketishga uringan. 

Bu holat do‘kon oldida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasida ham aks etgan. Do‘kondan uzoqlashgach, erkak o‘ldirish bilan qo‘rqitib, qizlarni o‘zi bilan ketishga undagan. Xususan, bu holatga tushgan 10 va 12 yoshli ikki qiz undan qutilib qolishga erishgan va bu haqda ota-onasiga aytib bergan.

Erkak shunday harakatlarning birida mahalla raisi va mahalla faollari tomonidan qo‘lga olinib, Kitob tumani Ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Hozirda tuman IIB tomonidan surishturuv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, erkak ruhiy nosog‘lomligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Kitob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made