Qashqadaryoda Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida ikki nafar fuqaroning qonunga xilof faoliyati aniqlangan.

Tezkor tadbirlar jarayonida mazkur shaxslar Telegram’da maxsus kanal-bot tashkil etib, shu orqali giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan olingan ashyoviy dalillar sifatida yashash xonadonidan 7,9 gramm “marixuana” hamda 22,79 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasiga (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan yashirincha narkotik olib kelgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tergov giyohvandlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing