Qashqadaryoda singlisi sabab yigitni o‘ldirgan aka va uning sheriklariga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning bahorida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida singlisini himoya qilish bahonasida fuqaroni o‘ldirib, jasadini quduqqa tashlab yuborgan yigit va uning sheriklariga hukm o‘qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Koson tumanida yashovchi yigit boshqa bir yigit singlisiga gap otgan deb gumon qilib, Telegrm’da qiz bola nomidan akkaunt ochib, jabrlanuvchi yigit bilan munosabatga kirishadi va joriy yil 22 mart kuni tunda uni o‘ldirish uchun uchrashuvga chaqiradi. Rejasi haqida u uch nafar qarindoshiga ham aytib, qotillik rejasidan boxabar qilgandi.

Yigit uchrashuvga kelgach, qizning akasi uning bo‘yniga o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan zarba beradi. Ammo jabrlanuvchi keskin qarshilik ko‘rsatadi. Shu payt uning qarindoshlari jabrlanuvchining qo‘llaridan tutib turishadi. Qizning akasi esa pichoq bilan jabrlanuvchining turli joylariga urib, uni o‘ldiradi.

Keyin esa marhumga tegishli mashinada Koson tumanida joylashgan Uyrat qishlog‘iga borishadi va jasadni qurigan quduqqa tashlab yuborishadi. Marhumning mashinasidagi qon izlarini tozalab, u yerda bo‘lgan 20 million so‘m pulni talon-toroj qilishadi.

Uzoq davom etgan tergov jarayonlaridan so‘ng to‘plangan hujjatlar sudda ko‘rib chiqiladi. Sud hukmiga ko‘ra, qizning akasiga 19 yil, uning ikki nafar sherigiga 18 yil, yana biriga 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

620

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing