Qashqadaryoda sifatsiz yog‘ ishlab chiqarganlar ushlandi
3-sahifa
−
19 fevral 2149 2 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Shahrisabz tumanida qo‘lbola usulda sifatsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “L.A.” oilaviy korxonasi rahbari J.B. “Annaruz” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarayotgani aniqlangan. Sexda umumiy bahosi 125,6 mln so‘mlik 11 289 kg chigit, 2150 litr iste’molga yaroqsiz yog‘ va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yana bir holatda muqaddam Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan sudlangan fuqaro R.F. “Xontepa” mahallasi hududidagi xonadonida va fuqaro D.K. “Tutzor” mahallasidagi noturar binoda yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarayotganliklari aniqlangan. Sexdan jami 1 tonna chigit, 480 litr iste’molga yaroqsiz yog‘ va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida noqonuniy alkogol savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi