Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi ataylab bir guruh odamlarni sudrab ketdi (video)
3-sahifa
−
18 iyul 32459 1 daqiqa
Joriy yil 8 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida Nexia-3 haydovchisi atayin 3 fuqaroni sudrab ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni soat taxminan 14:30 larda tumanda joylashgan oshxonaga ikki fuqaro kirib, oshxona egasi bilan tortishib qolgan.
O‘zaro kelishmovchilik oqibatida ikki shaxs oshxonadan chiqib, boshqa bir fuqaroning Nexia-3 rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib ketmoqchi bo‘lgan. Oshxona egasi va uning yaqin qarindoshlari avtomashinani to‘xtatishga urinsa-da, haydovchi harakatlanib ketgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda mashinaga osilib qolgan bir fuqaro yerga yiqilgandan so‘ng, o‘rnidan turolmay qolganini ko‘rish mumkin. Ammo uning ahvoli haqida rasmiy munosabat berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Cobalt rusumli mashina haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimining talablariga bo‘ysunmay, uni mashina eshigida sudrab ketgandi.
Live
Barchasi