Qashqadaryoda Navro‘z bayramida raqs tushayotgan o‘quvchi qiz xushidan ketib, vafot etdi (video)
Jamiyat
−
24 mart 2022
36278Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi 33-maktabda 2005 yilda tug‘ilgan o‘quvchi qiz Navro‘z bayrami tadbirida raqs tushayotgan vaqtida xushidan ketib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova mazkur holat bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni QALAMPIR.UZ’ga taqdim etdi.
Unga ko‘ra, qiz yoshligidan tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bilan kasallanib kelgan. O‘quvchini hushidan ketish holati kuzatilgan vaqtida maktab ma’muriyati tomonidan Shoshilinch tez tibbiy yordamga murojaat qilingan. Biroq shunga qaramay u vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda viloyat IIB va SSB mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi