Qashqadaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Nexia 2 haydovchisi avtohalokat sodir etishi oqibatida 4 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 3 yanvar kuni soat 18:20 lar Yakkabog‘ tumani “Mevazor” MFY hududida sodir bo‘lgan. Haydovchi ushbu yo‘lni kesib o‘tayotgan 4 nafarni piyodani urib yuborgan. Ulardan ikki nafari voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Oqibatda uch nafar fuqaro olgan tan jarohati tufayli voqea joyida, bir nafari esa shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan hayodovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing