Qashqadaryoda “KamAZ” tirkamasi chiqib ketib, 3 ta transportga urildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida “KamAZ”ning tirkamasi harakat vaqtida chiqib ketib, 3 ta transportga urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 15 sentyabr kuni soat 13:20 larda Dehqonobod tumani “Dehqonobod” MFY hududidan o‘tgan M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 83-kilometrida haydovchi X.X. boshqaruvida bo‘lgan “KamAZ” yuk avtomashinasining orqa tirkamasi chiqib ketgan.

Oqibatda tirkama harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldinda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan boshqa “KamAZ” yuk avtomashinasining chap yon tomoniga, shuningdek, Labo avtomashinasining old tomoniga borib urilgan. Tirkama yo‘l chetida turgan Cobalt’ning orqa tomoniga ham borib urilgan.

Hodisa sabab Labo haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo KamAZ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing