Qashqadaryoda qidirilayotgan xavfli jinoyatchi Toshkent viloyatida ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi. U 15 yilga qamalgan. Bu haqda Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 noyabr kuni O‘rtachirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. 

Ma’lum bo‘lishicha, u 2020 yilning sentyabr oyidan boshlab Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan. Ushlangan vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan. 

Xabarga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi “v,d,j,n,o,p” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan. Shu sabab unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik qidiruv

Baholaganlar

2022

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing