Qashqadaryoda ikkita qishloq aholisi janjallashdi 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi ikkita qishloq aholisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Janjal sodir bo‘lgan joyda tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgani aytilmoqda. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 10 avgust kuni Dehqonobod tumani “Tarqopchug‘ay” MFYga qarashli Bo‘ztepa qishlog‘iga yondosh Sebatli hududida sodir bo‘lgan. 

Janjal kavrak shirasini yig‘ish istagida bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli kelib chiqqan. Holat sodir bo‘lgan joyda tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lmagan. 

Mazkur masala yuzasidan ayni paytda Ekologiya qo‘mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo‘limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman Ichki ishlar boshqarmasi, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman Mehnat va bandlik bo‘limi, Kadastr palatasining tuman filiali mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tashkil etilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2560

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing