Qashqadaryoda IIB xodimlari gumonlanuvchiga tazyiq o‘tkazgani aytilmoqda. Rasmiy izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazilgani xaqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Qashqadaryo viloyati IIB holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, unda joriy yilning 27 iyunida Chiroqchi tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan tergovga jalb etilgan shaxslarga e’tibor qaratilgan. Jinoyat yuzasidan tergov harakatlari prokuratura organlarining to‘liq nazorati ostida olib borilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz.

Shu o‘rinda, Qashqadaryo viloyat IIB ijtimoiy tarmoq faollaridan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati to‘g‘risida asoslantirilmagan, noto‘g‘ri yoki yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini, bu uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tgan.

Avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi o‘zini otib o‘ldirgandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi joniga qasd qilgan xodimga bosim o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov “Bu kun” ko‘rsatuviga bergan intervyusida marhumga nisbatan hech qanday bosim bo‘lmaganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

IIB

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing