Qashqadaryoda erkaklar janjali pichoqbozlik bilan tugadi
3-sahifa
−
14 iyun 2022 11878 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi to‘yxonada erkak bir necha kishi tomonidan pichoqlangani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 12 iyun kuni soat taxminan 21:30 da Shahrisabz shahri “Qushxona” MFYda joylashgan “Billur” to‘yxonasi oldida sodir bo‘lgan. Shaharning “Yangi hayot” MFYda yashovchi S.J. hamshahari, “G‘alaba” MFYda yashovchi N.Q. va Shahrisabz tumani “Loliston” MFYda yashovchi Q.A. bilan janjallashib qolgan.
Oqibatda N.Q. fuqaro S.J.ning o‘ng bilak sohasi va o‘ng oyoq boldir sohasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi