Qashqadaryoda erkak xotini va qizini o‘ldirgach, o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
25 noyabr
9621Kecha, 24 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida erkak turmush o‘rtog‘i va deyarli 3 oylik chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, voqea “Oqsuv” MFYda sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan erkak kecha, 24 noyabr kuni soat 13:00 larda ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar oqibatida yashash xonadonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan 1996 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda joriy yilning 1 sentyabr kuni tug‘ilgan qizini qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng, u yashash uyining xo‘jalik binosida arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan kecha, 24 noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi tashlandiq joydan o‘tib ketayotgan vaqtida ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan. Bola buni rad qilganidan so‘ng, F.J. voyaga yetmagan fuqaroni qo‘rqitganligi bois, bola F.J.ni pichoq bilan qasddan o‘ldirgandi.
LiveBarchasi