Qashqadaryoda er xotinini arra bilan urib o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
27 yanvar 2023
13290Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida er xotinini arra bilan urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:30 larda Qarshi tumani, “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi P.X. o‘z yashash uyida turmush o‘rtog‘i G.E. bilan rashk sababli o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida er xotinini “zanjirli arra” (benzopila) bilan orqa yelka va bo‘yin aralash sohasiga bir necha marta urib, yirtib kesuvchi og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda G.E. shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, ayol maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Eri esa vaqtincha ishsiz bo‘lib, ularning 3 nafar farzandi bo‘lgan.
Shu kunning o‘zida P.X. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida muqaddam 3 marotaba sudlangan erkak turmush o‘rtog‘ini rashk sabab urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi