Qashqadaryoda dahshatli YTH! Qurbonlar sonida SSV haqmi yoki IIV?

Jamiyat

image

Bugun, 11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sodir bo‘lgan YTH 3 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

YTH soat 04:00 larda Dehqonobod tumani Gumbuloq qishlog‘i xududidan o‘tgan “M-39” raqamli “Almata-Toshkent-Termiz” yo‘nalishidagi xalqaro avtomobil yo‘lining 1262-kmda sodir bo‘lgan. Unda davlat raqami 75 R 488 NA bo‘lgan Lacetti avtomobili Termiz shahri tomondan harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan davlat raqami 75 T 303 NA bo‘lgan “Kamaz” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.      

Natijada uch kishi hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Bir kishi esa turli darajadagi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.        


      
Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xuddi shu YTH yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa xabar tarqatdi. Unda qayd etilishicha, YTH oqibatida jami 5 kishidan 4 nafari voqea joyida vafot etgan, 1 kishi – Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Hurlik mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan X.B. Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Bemorga “O‘ng bilak suyagining tipik kismidan yopiq sinishi” tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda shifokorlar unga davo muolajalarini ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing