Qashqadaryoda birovning o‘rniga imtihon topshirgan “uddaburonlar” ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida 14 nafar abituriyentning o‘rniga boshqalar kirgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki bosqichda test sinovlari o‘tkazilayotgan “Nasaf” o‘yingohida imtihonlar boshlanganidan to shu kungacha 14 nafar abituriyentning o‘rniga boshqalar kirgani aniqlangan.

Shuningdek, imtihon jarayonlarida uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat qayd etilgan. Mazkur aniqlangan holatlar yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5 avgust kuni O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Imtihonlar boshlanishi bilan esa ijtimoiy tarmoqlarda test savollarining tarqalishi, shuningdek, imtihonda telefon bilan qo‘lga tushish kabi holatlari ham uchramoqda. DTM  5-6 avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida telefon olib kirgan abituriyentlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing