DTM tarqalgan test savollari bo‘yicha izoh berdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust kuni O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Imtihonlar boshlandiyu ijtimoiy tarmoqlarda test savollarining surati tarqaldi. Davlat test markazi tarmoqda tarqalgan test savollari yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 1173366 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, Buxoro viloyatidagi “GMK” o‘quv markazi tomonidan 2021 yil 1 may kuni 13288 raqam bilan buyurtma qilingan va 5 may kuni test materiallari o‘quv-markaziga yetkazilgan. Mazkur test topshiriqlari kitobi 5-avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Shuningdek, matematika va biologiya fanlaridan test topshiriqlari aks etgan lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitoblari diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitoblari 5 avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishlatilmagan.

Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7016128 raqamli test topshiriqlari kitobi esa 2020 yilda o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Ammo biologiya fanidan test topshiriqlari aks etgan 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi bugun Namangan viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1504

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing