Qashqadaryoda bir guruh fuqarolar mushtlashdi (video)
3-sahifa
−
21 noyabr 2022
13218Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar o‘rtasida mushtlashuv bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 11 noyabr kuni soat taxminan 20:30 da Chiroqchi tumani “Yangi Dam” mahallasida fuqaro X.S. va O‘.P. o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan. Ularni ajratishga borgan fuqaro B.J.ni O‘.P. o‘tkir tig‘li jism bilan biqin sohasiga bir marotaba urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “ye” va “l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.P. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi O‘.P.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda Chiroqchi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda bir guruh fermer xo‘jaliklari rahbarlari va “Surxon Cotton Textile Cluster” MCHJ xodimlari o‘rtasida janjal yuz bergani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi