Qashqadaryoda bank mansabdorlari 4 mlrd so‘mni “yeb yubordi”

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bank mansabdorlari qariyb 4 mlrd so‘mni talon-toroj qildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat prokuraturasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishcha, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Qamashi filiali mansabdor shaxslari jinoiy til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan qariyb 4 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxslarga Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

“Tergov davomida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergovning borishi alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing