Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida er-xotinning janjali qotillik bilan yakunlandi. O‘zaro mojaro vaqtida ayol erini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Koson tumani “Qorabayir” MFYda yashovchi E.J. 5 dekabr kuni soat 18:00 larda mast holatda turmush o‘rtog‘i M.X.ni haqoratlab, urib-tepib, tomoq sohasidan bo‘g‘gan. Chorasiz qolgan ayol erini qo‘lidan chiqishga har qancha harakat qilmasin, kuchi yetmaganligi sababli oxirgi chora sifatida yonida supadagi savat ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, turmush o‘rtog‘ining chap qo‘ltiq osti sohasiga bir marta sanchib olgan.

Oqibatda M.X. olgan og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Koson

Baholaganlar

980

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing