Qashqadaryoda ayol boshqa ayollar tomonidan “samosud” qilindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bir ayol boshqa ayollar tomonidan “samosud” qilindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 16 aprel kuni soat 21:00 larda O.Sh. turmush o‘rtog‘i O.A.ni Qarshi shahridagi ijara uyda N.D. bilan qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotganligidan xabar topib, fuqaro N.D.ni urib, yengil tan jarohati yetkazib, unga ruhiy tazyiq o‘tkazgan. O.Sh.ning oldida boshqalar ham bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo samosud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing