Qashqadaryoda 750 mln so‘mdan ortiq kredit talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 750 mln so‘mdan ortiq kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan AT “Xalq bank” Kasbi filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.Q.” MCHJ rahbari D.V. chorva mollariga ozuqa yem mahsulotlari sotib olish maqsadida bank filialidan ajratilgan kredit evaziga 817,6 tonna ozuqani import qilib, ushbu mahsulotlarni belgilangan maqsadlarda foydalanmasdan naqd pulga sotib yuborib, 753,6 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan. 

Bundan tashqari, tekshiruvda D.V. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning yirik shoxli qora mollari sotuvidan tushgan 138 mln so‘m pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan D.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing